Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainaga qariyb 19 ming tonna gumanitar yordam yetkazib berdi - video

2022 yil 2-martdan boshlab Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga 18 790,1 tonna zaruriy mahsulotlar, oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy buyumlar yetkazib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Rossiya Ukrainaga 2-martdan buyon 18,5 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazib berdi, dedi Rossiya Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev.
“2022 yil 2-martdan boshlab Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga 18 790,1 tonna zaruriy mahsulotlar, oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy buyumlar yetkazib berdi hamda 990 ta gumanitar aksiyalarni amalga oshirdi”, deyilgan Mizinsev bayonotida.
General-polkovnikning aniqlik kiritishicha, 2022-yil 10-may kuni Xarkov viloyatida ikkita insonparvarlik aksiyasi o‘tkazilgan hamda aholiga 76 tonna zaruriy mahsulotlar va oziq-ovqat yetkazib berilgan. Avvalroq, Donbassga Murmansk viloyatidan insonparvarlik yordami yuborilgan edi.