Ulug‘ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba kunida Rigada aholi Xaloskorlar haykali oldiga gul keltirdi. 10-may kuni ertalab Latviya IIV rahbarining buyrug‘i bilan traktor keltirilgan gullarni to‘plab olib ketdi. Biroq kechga yaqin litviyaliklar haykal yoniga yana gul ko‘tarib kelishdi va uning atrofini undan ham ko‘proq gullar bilan ko‘mib tashlashdi.