O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida poyezd qatnovi qachon tiklanishi aniq bo‘ldi

“Qazaqstan temir joli" bilan kelishilgan holda temir yo‘llarda yo‘lovchi tashishlari qayta tiklanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. 2022 yil 15-may kuni Nukus — Beyneu — Nukus (647/648-sonli) yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining qatnovi boshlanadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
16 maydan esa Olmaota-2 – Toshkent – Olmaota-2 yo‘nalishida 1/2-sonli ("Tulpar-Talgo”) poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu reyslar Toshkentdan haftasiga 3-marta "Toshkent-Markaziy" vokzalidan amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, chiptalarni elektron tarzda hamda temir yo‘l kassalarida sotib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan boshlab Nukus – Beyneu, 2-maydan boshlab Toshkent-Olmaota yo‘nalishida poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi kerak edi. Biroq Qozog‘istonda karantin cheklovlari joriy etilgani sabab bu poyezdlar qatnovi ortga surilgan edi.