Neft embargosi Moskvaga foyda keltiradi - jurnalist

Neft bozorida Rossiya hajmining yo‘qolishi energiya narxining oshishiga olib kelishi sababli, Moskva oxir-oqibat embargo qo‘llanilgan taqdirda ham ko‘proq daromad olishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Shveysariyaning “Neue Zürcher Zeitung” gazetasi iqtisodiy sharhlovchisi Gerald Xospning aytishicha, Moskva Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy qilingan neft embargosidan foyda ko‘rishi mumkin.
“Neft bozorida Rossiya hajmining yo‘qolishi energiya narxining oshishiga olib kelishi sababli, Moskva oxir-oqibat embargo qo‘llanilgan taqdirda ham ko‘proq daromad olishi mumkin. Keyinchalik yuqori narx pastroq hajmni qoplaydi”, deb yozadi u.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bosqichma-bosqich Rossiya xom-ashyosiga taqiqning kuchga kirishi Moskva uchun faqat foydali bo‘ladi.
“Voqealarning bunday rivojlanishi bilan narxlar darhol ko‘tariladi, ammo Rossiya Evropa Ittifoqiga narxi ko‘tarilgan [qimmat] neftni yetkazib berishda davom etadi”, - deb tushuntirdi Xosp.
Ekspertning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va Hindiston ham embargodan foyda ko‘radi, ya’ni ular Rossiyadan neftni arzonroq narxda olishi mumkin.