Mirziyoyev suv toshqinlaridan himoyani kuchaytirishni topshirdi

Mart-may oylarida kuzatilgan yirik sel oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, mart-may oylarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 15 ga yaqin yirik sel va ko‘chkilar sodir bo‘lgan. Oqibatda 9 nafar inson halok bo‘lgan. 245 ta xonadon, 19 ta ko‘prik zarar ko‘rdi, 450 dan ortiq bosh chorva mollari nobud bo‘lgan.
Bunga sel va ko‘chki xavfi yuqori hududlarda yillar davomida betartib pala-partish sug‘orilgani ham sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan davlat rahbari mutasaddilarga tog‘ darolari va soylari, sel yo‘llari joylashgan hududlarda tunu-kun ishlaydigan shtablar tashkil etish va qutqaruv otradlarini ko‘paytirish haqida topshiriq berdi.
Daryo qirg‘oqlari, suv omborlari, selga qarshi inshootlarning favqulodda vaziyatlarga shaylik holati o‘rganilib, ularni mustahkamlash zarur.
Qolaversa, xavfli hududlarda yashayotgan xonadonlarni xavfsiz hududlarga doimiy ko‘chirish choralarini ko‘rish zarur.

Mavzuga oid:

Surxondaryoda sel oqizib ketgan ikki kishining jasadi topildi
Jizzaxdagi selda 4 kishi qurbon bo‘ldi
Jizzaxda sel oqizib ketgan 20 yoshli fuqaro qutqarildi