TOShKENT, 11-may — Sputnik. Amerika Qo‘shmat Shtatlari Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishi va dunyodagi siyosiy ta’sirini cheklay olmaydi, undan ko‘ra ularning pul bosib chiqaruvchi dastgohi buziladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Siyosatchi oldinroq Vashington Kiyevga 40 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatish qarorini ma’qullaganini eslatgan. Uning fikricha, bunday yordamning maqsadi – “Rossiyaga qarshi proxy war davomi, mamlakatni og‘ir mag‘lubiyatga uchratish istagi, uni iqtisodiy rivojlanishi va dunyodagi siyosiy ta’sirini cheklash”.
“Uddasidan chiqisholmaydi”, - deya ta’kidladi Rossiya Xavfsizlik kengashi. “Amerika uning evaziga doim o‘zining va misli ko‘rilmagan darajada ortiqcha oshirilgan davlat qarzini ko‘paytirayotgan ularning bosma dastgohi tezroq buziladi”, -deya qo‘shimcha qilgan Medvedev va AQShda benzin va oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘sayotganini eslatgan.
Siyosatchi amerikaliklar buning uchun o‘zlarining rusofob hukumatlariga “minnatdorchilik bildirishlari” kerakligini kinoya qilgan.
“Maxsus operatsiyaning maqsadlariga esa (Rossiyaning Donbassni himoya qilishga qaratilgan) erishiladi”, - deya xulosa qilgan u.