TOShKENT, 10-may — Sputnik. Baxodir Qodirov Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qodirov 1976-yilda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Bu tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.