O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi. Bu haqda respublika TIV bayonot berdi.
TIV o‘z bayonotida tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

“Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, BMT Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur”, - deyilgan bayonotda.

O‘zbekiston tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqirmoqda.