Istanbuldan Buxoroga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Turkish Airlines O‘zbekistonning bir qator shaharlariga parvozlar chastotasini oshirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Turkish Airlines Istanbuldan Buxoroga parvozlarni 7-iyundan yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Bilol Ekshi ma’lum qildi.
9 maydan boshlab aviakompaniya Toshkent va Istanbul o‘rtasida haftasiga 17-marta parvoz qiladi.
Shuningdek, aviakompaniya O‘zbekistonning yana boshqa shaharlariga ham parvozlar chastotasini oshirmoqda.
Unga ko‘ra, Istanbul va Farg‘ona o‘rtasidagi reyslar 10-maydan haftasiga 3-marta, Istanbul va Samarqandga 4-marta, Istanbul-Urganch o‘rtasida esa 16-maydan haftasiga 2-marta amalga oshiriladi.