Toshkentda “O‘lmas polk” yurishi – video

Tadbir “Birodarlar qabri” majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda yuzlab kishilar qatnashmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Toshkentda “O‘lmas polk” yurishi boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Tadbir “Birodarlar qabri” majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda yuzlab kishilar qatnashmoqda. Ular orasida volontorlar, faollar va shahar aholisi bor. Yurishdan so‘ng mangu olov yoniga gulchambar qo‘yildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ham mangu olov yoniga gulchambar qo‘ydi. Shuningdek, diplomat “Birodarlar qabri” majmuasidagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida qatnashdi.