TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiya tajovuzga qarshi oldinroq harakat qilib zarba berdi. Bu yagona to‘g‘ri qaror edi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donbassda navbatdagi jazo operatsiyasiga, Rossiyaning tarixiy yerlari, jumladan, Qrimga bostirib kirishga tayyorgarlik olib borilgan. Kiyev ehtimoliy yadro quroliga ega bo‘lish haqida gapira boshlagan, NATO esa Rossiyaga hududlariga yaqin yerlarni faol o‘rganishni boshlagan. Shu tariqa, Rossiya uchun tahdid yuzaga kelgan.
“Biz harbiy infratuzilma qanday kengayib borayotgani, chet ellik yuzlab maslahatchilar qanday ishlashni boshlashgani, NATO mamlakatlaridan eng zamonaviy qurol-yarog‘ muntazam yetkazib berilayotgani ko‘rardik. Xavf kundan-kunga ortib borardi. Rossiya tajovuzga qarshi oldinroq harakat qilib zarba berdi. Bu majburiy, o‘z vaqtidagi va yagona to‘g‘ri qaror edi, suveren, kuchli va mustaqil mamlakatning qarori”, - dedi Putin Moskvadagi G‘alaba paradida nutq so‘zlayotib.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.