O‘zbek va belorus kinoijodkorlari “Osiyo arsloni” filmini suratga olishni boshlashdi

Film urushda partizan razvedkachisi sifatida ishtirok etgan Sovet Ittifoqi qahramoni Mamadali Topvoldiyev (“Kazbek”) haqida hikoya qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Farg‘onada o‘zining jasorati va vatanparvarligi bilan mashhur bo‘lgan Ulug‘ Vatan urushi qahramoniga bag‘ishlangan filmning suratga olish ishlari boshlandi.
Film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Belarusfilm” kinostudiyasi hamkorligida suratga olinmoqda.
Farg‘ona bo‘lib o‘tgan an’anaviy “likopcha sindirish” marosimiga “Belarusfilm” kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy, agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, suratga olish guruhlari a’zolari va kinoijodkorlar jamoasi tashrif buyurdi.
“Hozirgi kunda dunyo bilan kino tilida gaplashish, qadriyatlar, katta va do‘stona oilamiz haqida, qarindosh-urug‘ va do‘stlarga hurmat va ehtirom, chinakam sadoqat haqida gapirish juda muhim. “Osiyo arsloni” filmi qahramoni Mamadali Topvoldiyev nafaqat o‘zbek, balki belarus xalqining ham qahramoni hisoblanadi. Ushbu film do‘stlik, hayot uchun kurash, o‘zgalarni hayotini saqlash va fidoyilik haqida hikoya qiladi”, — dedi “Belarusfilm” bosh direktori Vladimir Karachevskiy.
O‘zbek va Belarus kinematografi tomonidan teng ulushlarda moliyalashtirilayotgan film Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, urushda partizan razvedkachisi sifatida ishtirok etgan Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiyev (Belarus partizanlari uni “Kazbek” deb atashgan) haqida hikoya qiladi. Filmga Muhammadali Iskandarov rejissorlik qiladi.
Firdavs Abduxoliqovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari kinoijodkorlar oldiga xalq qahramonlari obrazlarini kinoda abadiylashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Mamadali Topvoldiyev esa o‘zbek xalqining haqiqiy milliy qahramoni.
Topvoldiyev asirga tushib, qochib ketadi va partizanlar safiga qabul qilinadi. U ko‘priklar va yo‘llarni minalaydi, dushmanning 19 ta eshelonini relsdan chiqarib yuboradi, fashistlar Germaniyasiga aqlga sig‘maydigan zarar yetkazadi va ularni dahshatga soladi. Qo‘l jangida u 76 fashistni yo‘q qiladi, bitta nemis generalini va g‘alaba uchun qimmatli ma’lumotlarni taqdim etgan juda ko‘p ofitserlarni asirga oladi. Natsistlar Kazbekning boshi uchun 50 ming reyxsmarka va’da qilishadi.
Uning nomi bilan bog‘liq bir nechta hikoyalar mavjud. Har bir operatsiyadan keyin u daraxtga xanjar bilan Kazbek nomini o‘yib yozib qoldirardi, shu tarzda u o‘z izini qoldirgan va nemislarni qo‘rquvda ushlab turgan. Mamadali Topvoldiyevning xizmatdoshlari uni Kavkazdagi ulug‘vor tog‘ga qiyoslab, Kazbek deb atashgan, nemislar esa Osiyo arsloni nomini berishgan. 1944-yilda Stalin unga “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvonini bergan.
Milliy qahramon “Kazbek” obrazini Ulug‘bek Qodirov gavdalantiradi. Film realistik jangovar sahnalar, kinoxronikalar va chuqur emotsionallik bilan tomoshabinlarni xursand qilishni va’da qilmoqda.