TOShKENT, 9-may — Sputnik. Gretsiyaning Iraklion shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Sharofiddin Amriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dunyo birinchiligida -102 kg vazn toifasidagi bahslarda o‘zbekistonlik sportchi dast ko‘tarish mashqida 168 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan. Siltab ko‘tarish mashqida esa 204 kg natija bilan oltin medalga ega chiqqan.
Har ikki mashq yakunida 372 kg natija qayd etgan Sharofiddin Amriddinov jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.