TOShKENT, 8-may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda 5-may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi "Alpomish" kurash majmuasi binosining tomi qulab tushgani haqida xabar tarqaldi. Qurilish vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, sodir bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyat tufayli hozirgi vaqtda kurash zali tomining yarmi — taxminan -1700 m. kv. buzilib, yerga qulab tushgan. Uning umumiy maydoni -2800 m. kvga teng. Buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelgan.
Kurash majmuasi xodimlari sog‘lig‘iga hech qanday zarar yetmagan.
“Alpomish” kurash zalining tom qismi murakkab konstruktiv yechimli bo‘lib, "Kislovodsk" turidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydanilgan. Bino 1999-yilda qurilgan.