Tamaraxonim esini taniganidan boshlab xotiralarini daftar, kundalik, qog‘oz salfetka va gazetalarga yozib borgan. Tamara Artomovna bu yorug‘ olamni tark etgach, ular “Hayotim. O‘zim va O‘zbekiston san’atining buyuk arboblari haqidagi xotiralar” kitobining asosi bo‘lishdi. Nodir nashrning muallif tuzuvchisi – o‘zbek xoreografiyasi tadqiqotchisi Lyubov Avdeyeva.
Kitob to‘qqiz bobdan iborat va ularning har biri afsonaviy artist hayotining turli, biroq o‘ta muhim davrlarini hikoya qilib beradi – yoshligi, o‘smirlik davri, konsertlari va u yaratgan o‘zining janri haqida. Lekin Tamaraxonim hayotida Ulug‘ Vatan urushi o‘zgacha iz qoldirgan. Bu davrga kitobning alohida qismi bag‘ishlangan.
Berlingacha yetib borgan tank
Ko‘pchilik Tamaraxonim o‘zining chiqishlari bilan frontga sezilarli darajada moddiy yordam berganini bilmaydi. Birinchi katta hissa u 1941-yil bahorida olgan Stalin mukofoti bo‘lgan. Uch oy o‘tib esa Ulug‘ Vatan urushi boshlandi, Tamaraxonim esa o‘ylab o‘tirmay mukofotni SSSR mudofaa fondiga o‘tkazdi.
Lyubov Avdeyevaning yozishicha, artist va uning ansambli o‘sha fondga keyin konsertlardan tushgan barcha pullarni o‘tkazishgan. Bu pullarga, jumladan, №77 tanki va samolyot yasashga muvaffaq bo‘lingan.
Tamaraxonim uy muzeyi katta ilmiy xodimi Shoista Aliyevaning so‘zlariga ko‘ra, bir necha yildan so‘ng o‘sha tank Berlingacha yetib borgan. Bugun o‘sha jangovar mashinaning maketini muzeyda ko‘rish mumkin.
Maket tanka №77, postroyennogo na sredstva ot vistupleniy, kotorie Tamara Xanum i yee ansambl perevodili v Fond oboroni SSSR. Xranitsya v dome-muzee Tamari Xanum.
© Sputnik
1941 yil iyunida ansambl Moskvaga ularga frontda konsert berishga ruxsat berishni so‘rab telegramma yo‘llagan. Artistlarga ularni chaqirishlarini aytib javob qaytarishgan, lekin hozircha O‘rta Osiyo bo‘ylab gastrol uyushtirish lozim – frontga pul kerak.
“Butun 1941-yil – yoz, kuz, qishda biz Qirg‘iziston va O‘zbekiston bo‘ylab kezdik”, - deya xotirlagan Tamaraxonim.
U O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan bolalar foydasi uchun ham chiqishlar qilgan. Birinchi konsert 1942-yil yanvarida bo‘lib o‘tgan.
O‘sha 1942-yili Tamaraxonimni ansambl bilan nihoyat O‘rta Osiyo harbiy okrugiga chaqirishgan. Musiqachilar Kavkaz orti frontining, Poti shahriga uzoq kutilgan yo‘llanmani olishgan. U yerda dengizda shiddatli janglar ketayotgandi. Qayd etish joizki, ansambl aynan frontning o‘zida ishlagan, bevosita okoplarda ham ishlashga to‘g‘ri kelgan.
“Biz katerlarda o‘qlar zuvilab uchib o‘tayotgan dengiz bo‘ylab bir kemadan boshqasiga suzib o‘tardik, chamasi, kerakli kemaga o‘z vaqtida yetishishga intilardik, soat millari nol-nol bo‘lganda bizni dengizchilar kutib turishardi. Hech qanday klub barcha tomoshabinlarni o‘zida sig‘dira olmasdi, shu bois palubalarning o‘zida konsert berardik. Ba’zan boshqa kemaga o‘tishga ulgurmasdik, bittasida endi qo‘shiq kuylab raqsga tushishni boshlaganimizda, qirq-qiyomat boshlanardi”, - deya xotirlagan Tamaraxonim.
Ammo bu shahardagi ikkita chiqish artistning yodida bir umr saqlanib qolgan – u yerda fonarchalar bilan yoritib turishgan yerto‘ladagi konsert va desantni jangga kuzatish.
Tamaraxonimning eslashicha, kuzatish kuni qattiq shamol turgan. U dengizchilar bilan jangchilar dengizga ketishi bo‘lgan kemalar to‘xtaydigan joyda turgan.
“Garmon sadosi yangradi, hamma atrofimda raqsga tusha boshladi, men esa ular bilan... Ular suvosti kemasiga tushishdi, suzib ketishdi, furajkalarini silkishdi. Ertasi kuni bizga qayiq qaytmaganini e’lon qilishdi, hammalari halok bo‘lishdi”, - deya xotirlagan Tamaraxonim.
Avdeyevaning yozishicha, Tamaraxonimni askarlar o‘zgacha intiqlik bilan kutishgan, chunki u Ittifoqning barcha xalqlari qo‘shiqlarini ijro etardi-da. Siyosiy rahbarlar oldindan o‘z qismlari jangchilari qaysi millatdan ekanini ro‘yxatini tuzishgan. Tamaraxonim esa ularning ona tilida qo‘shiq kuylagan.
Dunyo xalqlari qo‘shiqlari
Tez orada ansamblni Qizil armiya qismlariga xizmat ko‘rsatish uchun Eronga ko‘chirishdi. Yo‘l yo‘lakay musiqachilar Yerevanda to‘xtab, kasalxonalarda chiqishlar qilishgan. Keyin arman-eron chegara zastavasida.
“Komandir bizga u yerda ko‘plab o‘zbeklar xizmat qilishini aytdi”, - deya aniqlik kiritib o‘tgan Tamaraxonim.
Ansambl Eronda deyarli ikkin oyni o‘tkazdi. U yerda Tamaraxonim ko‘plab qo‘shiqlarini yozdi: armancha, ozarbayjoncha, hatto o‘zbekcha va fransuzcha. Va ikkita eroncha. Ulardan birini uzoq yillar ijro etib kelgan.
“Shunday qilib, 1942-yildan men nafaqat xalqlarimiz raqs va qo‘shiqlari, balki dunyo xalqlarining ham qo‘shiqchisi bo‘ldim”, - deya tushuntirgan Tamaraxonim.
Uning hikoya qilishicha, avvaliga ular qizil armiyachilarga sovg‘alar ulashishgan: o‘zbek zamining hadasi bo‘lgan kichik xaltachalar, avvalo bular olma bo‘lgan.
“Ko‘chada izg‘irin havo, zal esa yangi uzilgan mevalarni tishlab, qarsillatardi”, - deya yozgan Tamaraxonim.
1942 yil bahorida ansamblni Mo‘g‘ilistonga yuborishdi. U yerda Tamaraxonim yurtalarda konsertlarga tayyorgarlik ko‘rgan.
Kimdir kulib qolsa-chi
Tamaraxonimning alohida xotiralari Leningradga bag‘ishlangan. Ansambl u yerga qamal yorib o‘tilgan keyin kelgan. U ular saharlab bulutli havoda kelishganini eslagan. Tamaraxonim derazalardan ko‘chalar bo‘ylab asta-sekin harakatlanayotgan kuchdan qolgan odamlarni ko‘rgan.
“Qalbini shunday mayuslik egalladiki, konsertni bekor qilishga ham tayyor edim. Shunga qaramay qandaydir bir kichik umid yashardi: kimdir erib ketib, kulib qolsa-chi”, - deya yozgan Tamaraxonim.
Tomosha zali asta-sekin, shunday bo‘lsa odamlar bilan to‘lgan.
“Har bir konsert oldidan hayajonlanaman, lpekin o‘sha kuni meni ahvolimni bu so‘z bilan ta’riflab bo‘lmasdi. Bu shunaqanchi dard-alam ediki, uni qandaydir boshqa so‘zlar bilan aytishni istardim. Men titragan holda bu so‘zni izlardim”, - deya hikoya qilgan Tamaraxonim.
Konsert boshlanganida tomoshabinlar go‘yoki qilt etishmadi. Lekin bir nomerdan ikkinchisiga o‘tish bilan qiza boshladi, odamlar kulash boshlashdi. Boz ustiga ansambl ularga sovg‘a keltirgandi – olma, yong‘oq, mayiz va turshak.
“Hammamizni qandandir bir, chamasi, g‘oyat kuchli hayajonlanish qamrab oldi. Konsert tugaganda sahnaga bir necha tomoshabin chiqdi, ular minnatdorchilik bildirishdi, zaldan esa “Spasibo! Rahmat!” hayqiriqlari eshitildi”, - deya eslagan Tamaraxonim.
Urush tuganidan keyin harbiy qismlarga borish va urushni boshdan kechirganlar oldida chiqishlar boshlangan. Oldinda esa vayron bo‘lgan shaharlarni qayta tiklash va ko‘plab qurilishlar turgandi.
“Ukraina va Donbassda, ko‘p aziyat chekkan Belarusda, Stalingradda, Rossiya markazida. Har bir yerda qo‘shiqni qurilishlarning to‘laqonli qatnashchisi deb hisoblashardi. San’atimiz “safda” edi”, - deya yodga olgan Tamaraxonim.
Tamaraxonim urushni kapitan unvoni bilan tugatgan. U ko‘plab maktublar, farmonlar va minnatdorchilik xatlarini olgan. Bugungi kunda ularning ayrimlari uning muzeyida saqlanmoqda. Ko‘plab orden, medal va faxriy nishonlar kabi. Noyob konsert kiyimlari orasida Tamaraxonimning kapitan libosi faxrli o‘rinni egallab turibdi.
Kapitanskiy mundir Tamari Xanum s nagradami i model tanka, postroyennogo na sredstva ot vistupleniy pevisi. Xranyatsya v dome-muzee Tamari Xanum.
© Sputnik