TOShKENT, 8-may — Sputnik. 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 16,7 mln dollarga teng bo‘lgan 425,3 ming tonna sement import qilingan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 342 ming tonnaga kamaygan.
Uch oyda O‘zbekiston sement xarid qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 188,4 ming tonna;
Qirg‘iziston – 121,4 ming tonna;
Qozog‘iston – 111,8 ming tonna;
Eron – 1,9 ming tonna;
Turkmaniston – 1,5 ming tonna;
Rossiya – 206 tonna.
Avvalroq O‘zbekistonda kelayotgan yillardan asfalt o‘rniga sement beton yo‘llar qurishga o‘tilishi xabar qilingan edi.