TOShKENT, 8-may — Sputnik.“Azimut” aviakompaniyasining A49063 reysi bilan Moskva-Buxoro yo‘nalishida uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Vnukovo aeroportiga qaytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Samolyot Moskva vaqti bilan soat 22:21 da Vnukovoga beshikast qo‘ndi. Yo‘lovchilarga federal aviatsiya qoidalariga ko‘ra xizmat ko‘rsatiladi, jumladan, issiq taom bilan ta’minlanishadi”, - degan aviakompaniya vakili.
Samolyot bortida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularni Buxoroga aviakompaniyaning zaxiradagi havo kemasi eltib qo‘yadi.