TOShKENT, 8-may — Sputnik. Professional boksning yengil vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov Las-Vegasda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Unga bu jangda kubalik Manuel Korrea raqiblik qildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang 2-raundda o‘z nihoyasiga yetdi. Elnur qarama-qarshilikni faol boshladi va raqibini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Shu tariqa, Elnur Abduraimov navbatdagi jangida ham muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Korrea esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Bu Elnurning prof boksdagi ketma-ket 9-g‘alabasi bo‘ldi. Bokschi bu g‘alabalarning sakkiztasi nokaut bilan qo‘lga kiritgan.