TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda iste’molchilarga yil boshidan buyon qaytarilgan keshbek miqdori 72,3 mlrd so‘mga yetdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“29 apreldan 6-mayga qadar o‘tkazilgan o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, yanvar–mart oylari uchun iste’molchilarga yana 4,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi”, - deyilgan xabarda.
Natijada yil boshidan buyon iste’molchilarga to‘langan summa 72,3 mlrd so‘mga yetgan.
2022 yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xarid qilib, xarid chekini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.
Buning uchun iste’molchilar xarid chekining QR-kodini "Soliq" mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari lozim.