O‘zbekistonlik olimlar yangi biostimulyator yaratishdi

Biostimulyator o‘simlik fiziologiyasini o‘zgartiradi. U qo‘llanilgan o‘simlikning ildiz tizimida o‘sish tezlashadi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari yangi biostimulyator yaratishdi. Bu haqda akademiya matbuot xabar berdi.
“Uning tarkibi para-nitrobenzoy kislota, mis(II)xlorid tuzi va triyetanolamindan iborat. Strukturasi rentgenstrukturaviy analiz yordamida tekshirilganda misning biyadroli kompleks birikmasi hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Yangi biostimulyatorga BKM deb nom qo‘yilgan.
Biostimulyator bug‘doy va makkajo‘xorida sinab ko‘rilganda, unib chiqish 3-4 kunga, barcha fazalarda nazoratga nisbatan rivojlanishi tezlashgan. Bu hosildorlikni 8-10 sentnerga oshirish imkonini bergan.
Biostimulyator o‘simlik fiziologiyasini o‘zgartiradi. U namlik yetishmovchiligi, qurg‘oqchilik, tuproq sho‘rlanishi kabi abiotik stresslarga chidamli bo‘ladi.
Biostimulyatorlar qo‘llanilgan o‘simlikning ildiz tizimida o‘sish tezlashadi. Immuniteti yaxshilangan ildizlar noqulay ekologik sharoitlarga bardosh beradi va kasalliklarga qarshi kurasha oladi.