TOShKENT, 7-may — Sputnik. Toshkentda 2022-yilning 18-may kuni Italiya va O‘zbekiston futboli afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, o‘zbek futbolining 110-yilligiga bag‘ishlab muxlislar uchun sovg‘a tayyorlanmoqda. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan futbol afsonalari milliy terma jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonga Italiya futboli afsonalaridan iborat jamoa tashrif buyuradi.
6 may kuni O‘FAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mazkur o‘yin doirasida maydonga tushadigan O‘zbekiston va Italiya afsonalari ro‘yxati ma’lum qilindi.
O‘zbekiston
Pavel Bugalo, Ignatiy Nesterov, Baxtiyor Ashurmatov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Akmal Shoraxmedov, Asqar Jadigerov, Islom Inomov, Asror Aliqulov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Sanjar Tursunov, Aziz Haydarov, Jasur Hasanov, Eldor Magdeyev, Aleksandr Geynrix, Bekzod Mamatqulov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Nosir Otaqo‘ziyev, Anvar Soliyev, Ne’matillo Qutiboyev.
Italiya
Kristian Abbiati, Luka Antonini, Dario Shimich, Kristian Zakkardo, Kristian Zenoni, Sezariya Eduardo, Nasimento Santos Aldair, Kandela Vinsent, Luiji Di Badjo, Anjelo Karbone, Marek Yankulovskiy, Serjio Klaudio Dos Santos, Lyudovik Juli, Robson Toledo Machado, Alberto Djilardino, Daniele Massaro, Vinchenso Yakvinta.
O‘yin "Paxtakor" stadionida soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.