TOShKENT, 7-may — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida 2022-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan XIX Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Osiyo olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Osiyo o‘yinlarining qoldirilishiga sabab qilib, Xitoyda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashgani ko‘rsatilmoqda.
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarining yangi sanalari keyinroq e’lon qilinadi.
2022 yilgi Osiyo o‘yinlari 10-sentabrdan 25-sentabrgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Paraosiyo o‘yinlari esa 9—15 oktabr kunlariga belgilangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida medalga ega chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar 2 ming dollardan 5 ming dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.