Gavanadagi mehmonxonada kuchli portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Portlash oqibatida 22 kishi jumladan bir bola qurbon bo‘lgan, 64 kishi jarohatlangan.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Kecha, 6-may kuni Kuba poytaxti markazidagi "Saratoga" mehmonxonasida kuchli portlash yuz berdi. Oqibatda 22 kishi qurbon bo‘ldi, 64 kishi jarohatlandi. Bu haqda Kuba prezidenti ma’muriyati xabar berdi, deya yozadi RIA Novosti.
Portlash to‘lqini binoning beshinchi qavatigacha bo‘lgan fasadini vayron qilgan, qo‘shni binolarga zarar yetgan. Rasmiylar voqeani baxtsiz hodisa deb atagan.
“Juma kuni 64 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 14 nafari voyaga yetmaganlar. Orasida xorijliklar yo‘q. Ayni vaqtda 22 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur mehmonxonaning ochilish marosimi 10-may kuniga mo‘ljallangan bo‘lgan. Yaqin atrofdagi maktabdan o‘quvchilar evakuatsiya qilingan. Qurbonlar orasida xorijliklar yuq.