Elektrotexnika bo‘yicha o‘quv dasturlari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Kelgusi uch yilda elektrotexnika tarmog‘i uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar o‘rta ma’lumotli mutaxassislar zarur bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistondagioliygohlarning elektrotexnika bo‘yicha o‘quv dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Bu topshiriq kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berildi.
Ta’kidlanishicha, zarur kadrlarni tayyorlash uchun bir oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa oliygohlarning elektrotexnika bo‘yicha o‘quv dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
“Kelgusi uch yilda elektrotexnika tarmog‘i uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar o‘rta ma’lumotli mutaxassislar zarur bo‘ladi. Misol uchun, birgina Samarqandda ishga tushiriladigan korxonalarda 2022-yilda 1 ming 200 nafar mutaxassisga ehtiyoj mavjud”, - dedi davlat rahbari.
Shuning uchun Toshkent shahridagi Radiotexnika kolleji, Samarqand va Chirchiq xizmat ko‘rsatish texnikumlari, Farg‘ona elektrotexnika kolleji “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga biriktirilishi belgilandi.