“Chiroyli” avtoraqam 669 million so‘mga sotildi

Onlayn auksionda 50 777 ZZZ avtomobil raqami 669,6 mln so‘mga sotildi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda eng qimmat avtomobil raqami — 50 777 ZZZ kim oshdi savdosida 669 600 000 so‘mga sotildi.
Raqam avtoraqamlar onlayn auksionida joriy yilning 29-aprel kuni savdoga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich narxi 135 million so‘m bo‘lgan.
Onlayn auksionda 50 777 ZZZ avtomobil raqami 669,6 mln so‘mga sotildi
Ko‘rinib turibdiki, mazkur raqam boshlang‘ich narxidan bir necha barobar qimmatga sotilgan. 50 777 ZZZ raqamini namanganlik fuqaro xarid qilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktabr oyida Toshkentda elektron auksionda 01 O 001 OQ avtomobil raqami 498 million 150 ming so‘mga sotilgan edi.
2021 yilning olti oyida o‘zbekistonliklar chiroyli raqamlar uchun 139 milliard so‘m sarflagan.