Volodin Yevropa mamlakatlariga YeIdan chiqishni maslahat berdi

Volodin Yevropa Ittifoqidan chiqishni Yevropa davlatlari suverenitetini saqlab qolishning yagona yo‘li deb atadi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘z suverenitetini saqlab qolish niyatida bo‘lgan a’zo mamlakatlari Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerak, ularning bundan boshqa yo‘li yo‘q, dedi Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin.

“Yevropa birligi parchalanmoqda. Yevroparlament Yevropa Ittifoqini chuqur isloh qilishga chaqirdi. Tasdiqlangan qarorlar qatorida birgalikda qaror qabul qilish tamoyilini bekor qilish ham bor. Boshqacha aytganda, YeI a’zolarining veto huquqidan mahrum etish taklif qilinmoqda. Ayrim davlatlarning, demak, ularning fuqarolarining fikri endi qabul qilinmaydi”, - deydi Volodin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Yevroparlamentning Yevropa Ittifoqini chuqur isloh qilish bo‘yicha takliflari “Yevropa birligi barbod bo‘layotganini” bildiradi.
“Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi bilan bog‘liq vaziyat ko‘rsatganidek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bu borada birdamlik yo‘q. Shuning uchun biz yillar davomida mavjud bo‘lgan tamoyildan voz kechib, qaror qabul qilishning boshqa shakllarini izlashga majurmiz”, - dedi Davlat Dumasi spikeri.
Uning ta’kidlashicha, bu holatda muayan davlat fuqarolari oldida narxlar ko‘tarilganda, ishsizlik, iqtisodiyotdagi muammolar hisobga olinmasdan qabul qilingan qarorlar natijasida kim javobgar bo‘lishi aniq emas.
“Yevropada millionlab odamlar ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi. Ularning davlatlari o‘z suverenitetini butkul yo‘qotadi. Agar bugungi kunda YeI tarkibiga kiruvchi davlatlar suverenitetini saqlab qolishni va o‘z fuqarolari manfaatlarini himoya qilishni istasa, ularda faqat bitta yo‘l qoldi – Yevropa Ittifoqidan chiqish”, deb yozgan u.