Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkentda ham sezildi

Toshkentdan 158 km masofada sodir bo‘lgan zilzila Bekobod shahrida ham 2 ball darajasida sezildi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik.O‘zbekistonning Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 158 kilometr janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,1 ga teng bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 39,87 gradus shimoliy kenglik; 69,56 gradus sharqiy uzunlik.
Yerosti silkinishlari kuchi Toshkent viloyatining Bekobod shahrida sezilgan: 2 ball, 46 km.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik sezilmadi. Vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.