TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Mir-Akbar Xodji-Akbarovich Raxmankulov prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Tayinlovga qadar, Mir-Akbar Rahmonqulov 1993-1994 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori bo‘lgan.
Mehnat faoliyati davomida:
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining bosh konsultanti;
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo institutining direktori;
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Milliy havfsizlik Kengashi Kotibi, Davlat maslahatchisi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining o‘rinbosari lavozimarida faoliyat olib borgan.
Avvalroq, prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida faoliya yuritib kelgan Adham Bekmurodov lavozimidan ozod qilingan edi.