TOShKENT, 6-may — Sputnik. Go‘sht, tirik hayvonlar (mol, qo‘y) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma hamda ularni O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Soliq kodeksiga qiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgan. Ilgari 2022-yil 30-aprelgacha edi.
Tovuq go‘shti, muzlatilgan baliq va tirik parrandalarga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz 2022-yil 30-aprelgacha etib o‘zgartirishsiz qoldirilgan.