Avtomobil ishlab chiqarish keskin ortdi

O‘zbekistonda avtomobillar statistikasi: eksport kamaygan, import va ishlab chiqarish keskin oshgan
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida 68 905 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ishlab chiqarish oshdi
Shundan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 24451 taga oshgan.
Eksport hajmi kamaydi
Shu yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Ozarbayjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona yengil avtomobillarni eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8763 taga kamaygan.
Importhajmi oshdi
Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 189,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Bundan tashqari, mamlakatga3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.