Alisher Usmanov YeIni sudga berdi

Tadbirkor o‘zining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi yuzasidan Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher o‘zining Usmanov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganiga norozilik bildirib, Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, “RT” xabar bermoqda.
“Janob Alisher Usmanovning [Yevropa Ittifoqi] Kengashga qarshi da’vosi 29-aprel kuni qo‘zg‘atilgan. Da’vogar Kengashning unga nisbatan cheklov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishni va sud qarori chiqarilgunga qadar taqiqlovchi choralarni qo‘llashni to‘xtatib turishni talab qilmoqda”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Da’voni ko‘rib chiqish sanasi hali belgilanmagan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 28-fevral kuni YeI kengashi USM holdingi asoschichi Alisher Usmanovni boshqa rossiyalik tadbirkorlar, rasmiylar va madaniyat arboblari qatori Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga hissa qo‘shgan shaxslar qora ro‘yxatiga kiritdi. Ularning barchasiga Yevropa Ittifoqiga kirish taqiqlandi, Yevropa Ittifoqidagi aktivlari muzlatildi.