Toshkentdagi “Nest One” qurilish binosida yong‘in chiqdi – foto

Yong‘in natijasida binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv.m maydonda qurilish materiali yongan.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. “Tashkent sity”dagi “Nest One” binosining qurilish maydonida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 5-may kuni soat 17:26 da poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan Nest One” qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.
Toshkentdagi Nest One qurilish binosida yong‘in yuz berdi
Toshkentdagi Nest One qurilish binosida yong‘in yuz berdi
3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv.m maydonda qurilish materiali yongan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.