TOShKENT, 5-may — Sputnik. Braziliyaning sobiq prezidenti Lula da Silva AQSh va Yevropa ittifoqi Ukrainadagi vaziyat uchun o‘zining javobgarlik ulushiga ega deb hisoblaydi.
“Ukrainaga bostirib kirishning sabablari nima? NATO? AQSh va Yevropa aytishlari mumkin edi: “Ukraina NATOga kirmaydi”. Muammo hal bo‘lgan bo‘lardi”, - dedi Braziliyaning sobiq rahbari “Time” nashriga bergan intervyusida.
Lula da Silvaning fikricha, Brussel ham Ukrainani YeIga tarkibiga qo‘shish rejalarini jadallashtirishdan voz kechishi kerak edi va bu vaziyat keskinlashining oldini olishga yordam bergan bo‘lardi.
“Yevropaliklar bir to‘xtamga kelib, deyishlari mumkin edi: “Yo‘q, hozir Ukrainaning YeIga qo‘shilishi uchun qulay fursat emas, keling, bir oz kutamiz”. Ular olov ustiga moy sepmasliklari kerak edi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, sobiq prezident G‘arbning Rossiya bilan muloqot olib borishga ishtiyoqi bo‘lmagani qayd etdi. “Ular hatto urinib ko‘rishmadi. Muzokaralar deyarli olib borilmoqda”, - dedi siyosatchi va xohish bo‘lgan taqdirda vaziyat yechimini izlashga oid muzokaralar 10, 15 yoki 20 kun, hatto bir oy” davom etgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Lula da Silvaning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi vaziyatda o‘zini noto‘g‘ri tutgan. AQSh buning oldini olishi va buning yuz berishiga yo‘l qo‘ymasligi mumkin edi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar uchun Moskvaga uchib kelishi kerak edi. Bayden Ukrainaning NATOga kirishi rejalaridan voz kechishini aniq qilib aytishi kerak edi. Sobiq rahbari bunday qarorni Moskvaga yon berish deb hisoblamaydi.