Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Azov*” jangarilari tinch aholidan gumanitar koridorlar haqida xabarlarni sir tutgan

“Azov*” jangarilari tinch aholidan gumanitar koridorlar haqida ma’lumotlarni sir tutgan
Sputnik
TOShKENT, 5-may - Sputnik. “Azovstal” kombinati hududida joylashgan “Azov*” millatchi bataloni jangarilari tinch aholidan gumanitar koridorlar va evakuatsiya yo‘laklari haqida ma’lumotni sir tutib kelgan. Bu haqida kombinatni ozod qilish operatsiyasi bo‘yicha vakil ma’lum qildi.
“30-aprel va 1-may kunlari korxona hududidan ozod etilgan fuqarolar katakombalarda bo‘lgan vaqt davomida ularning xavfsiz chiqishi uchun har kuni maxsus gumanitar yo‘laklar ochilishi haqida hech narsa eshitmaganliklarini ma’lum qildi”, deya mutasaddining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning ta’kidlashicha, “Azov*” jangarilari tinch aholidan Mariupoldagi vaziyat bo‘yicha ham ma’lumot bermagan. Aholi evakutsiya tashkillashtirilgani haqida ham bilmagan.
Aprel oyi o‘rtasida RF Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov butun Mariupol hududi ukrain harbiylari, nenatsistlar, xorijiy yollanma askarlar va “Azov”* jangarilaridan tozalanganini ma’lum qilgan edi.
4 may kuni RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina harbiy guruhlarining qolgan vakillari korxona hududida xavfsiz tarzda to‘sib qo‘yilgani va “Azovstal”ga hech qanday hujum bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Shu kuni Rossiya Federatsiyasining gumanitar yordam bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab-kvartirasi 5, 6 va 7-may kunlari soat 8:00 dan 18:00 gacha tinch aholini zavod hududidan evakuatsiya qilish uchun navbatdagi gumanitar yo‘laklar tashkillashtirilganini xabar qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu vaqt davomida Rossiya harbiylari va DXR tuzilmalari “har qanday jangovar harakatlarni bir tomonlama to‘xtatilishi, bo‘linmalarning xavfsiz joylarga ko‘chirilishi va tinch aholining Rossiya Federatsiyasi hududiga ham yoki Kiyev hokimiyati tomonidan nazorat qilinadigan hududlarga ham- aholi o‘zi istagan yo‘nalishda olib chiqib ketilishini ta’minlaydi”.
* Rossiyada terrorchi deb tan olingan va ta’qiqlangan tashkilot