TOShKENT, 5-may - Sputnik. O‘zbekistonlik fermerlar 2022-yilning 3 oyida 3,2 ming tonna qalampir eksport qilishdi, be haqida Davlat Statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,2 ming tonna qalampir eksport qilgan.
2022 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar: Qozog‘iston – 2,2 ming tonna, Qirg‘iz Respublikasi – 346 tonna, AQSh – 166,5 tonna, Rossiya – 161 tonna, Germaniya – 138,4 tonna, Ukraina – 83 tonna
Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar: Surxondaryo viloyati – 1,2 ming tonna, Jizzax viloyati – 567 tonna va Samarqand viloyati – 373 tonna.
Umumiy hisobda qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ming tonnaga kamaygan.