TOShKENT, 4-may – Sputnik. Bundestag deputati Sevim Dagdalen Ukraina elchisi Andriy Melnikni Olaf Sholsni haqorat qilgani uchun Germaniyadan chiqarib yuborishni talab qildi, deb yozmoqda Die Welt nashri.
“Kim ushbu natsizm tarafdorini hoziroq mamlakatdan chiqarib yuborish tarafdori bo‘lmasa, o‘z obro‘yini yo‘qotgan bo‘ladi”, - deb yozgan siyosatchi o‘z Twitterida.
Erkin Demokratik partiya (EDP) vitse-prezidenti Volfgang Kubiski ham Germaniya kansler tarafini oldi.
“Olaf Shols kolbasa emas, u Germaniya Federativ Respublikasi kansleri va Melnik buni hurmat qilishi kerak”, dedi u.
Xristian Demokratik Ittifoqi (XDI) fraksiyasi raisi o‘rinbosari Iogann Vadedful ham o‘z navbatida, Melnikning so‘zlarini va ohangini noo‘rin va asossiz deb atadi, chunki bu Ukraina bilan birdamlikni mustahkamlashga hissa qo‘shmaydi.
"Bunday og‘ir vaziyatda ham diplomatik vakillar nemis rasmiylariga nisbatan o‘zini to‘g‘ri tutishi kerak. Melnikning bayonotlari Ukrainaga yordam bermaydi", - deya ta’kidladi siyosatchi.
Biroz oldin, AnneWill telekanali efirida Ukraina elchisi Germaniya kansleri Olf Sholsni "xafa bo‘lgan jigar kolbasa" deb atagan edi.
Ukraina Germaniyadagi elchisi o‘zining nodiplomatik chiqishlari bilan mashhur bo‘lgan. U bir necha bor Berlindan Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni, Yevropa Ittifoqi Rossiya energiya manbaalariga embargo qo‘yishni talab qilgan edi. Shuningdek u ruslarni dushman deb bilishini tan olgan edi.
Melnik, shuningdek, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni Rossiya bilan “chambarchas bog‘liqlikda” ayblagan edi. Aynan shu sababli prezident Zelenskiy Germaniya prezidentini Kiyevda qabul qilishdan bosh tortgan va bu o‘z navbatida Shols tashrifining bekor qilinishiga olib kelgan edi.
Nemis ommaviy axborot vositalari Ukraina elchicining so‘zlariga e’tibor berib, aksariyat hollarda uning layoqatsizligini ta’kidlagan.