O‘zbekistonda plyaj zonalari tashkil etiladi

Aqchako‘l, Ashshi ko‘l, Zikri ko‘li, Aydarko‘l, Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l hududlarida plyaj zonalari tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonda yangi plaj zonalari paydo bo‘ladi. Bu prezident imzolagan tegishli qarorda belgilab qo‘yilgan.
Plyajlar hayvonot dunyosining yashash muhiti, xususan, asosiy to‘planish joyi sifatida belgilangan hududlarga kirmaydigan yer maydonlarida tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari Turizm va madaniy meros vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Aqchako‘l, Ashshi ko‘l, Zikri ko‘li, Aydarko‘l, Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l hududlarida plyaj zonalarini tashkil qilish uchun yer uchastkalarini 10-yilgacha bo‘lgan muddatga belgilangan tartibda ijaraga berish choralarini ko‘rishini kerak. Bu topshiriq uch oy ichida bajarilishi kerak.
Plyaj zonalari hududida ekologik va sanitariya talablariga javob beradigan yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etiladi.
Marsel yoningizda: To‘dako‘l plyaji ochilishidan reportaj