TOShKENT, 4-may — Sputnik. Moskva viloyati Mitishi shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqaro yong‘in oqibatida halok bo‘ldi.
Rossiyaning Moskva viloyati bo‘yicha tergov qo‘mitasi Sputnik muxbiriga bu ikki o‘zbekistonlik fuqaroni yong‘indan qutqarishga urinish paytida halok bo‘lganini tasdiqladi.
Xonadondagi yong‘in sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab yuzaga kelgan. Uyg‘onib ketgan va yong‘inni ko‘rgan uy egasi oynadan yordam so‘rab baqirgan. Ikki o‘zbekistonlik o‘tib ketayogan bo‘lishgan va erkakning chaqiriqlarini eshitishgan. Keyin ular erkakning uyiga uni qutqarish uchun chiqishmoqchi bo‘lishgan. Chiqayotib liftda ichida qamalib qolishgan va havo yetishmasligi oqibatida qurbon bo‘lishgan.
Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109 moddasi 3 qismi bilan (Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam o‘ldirish) jinoiy qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda ularning jasadlarini vatanga qaytarish choralarini ko‘rmoqda.