TOShKENT, 3-may - Sputnik. O‘zbekistonlik Ikki nafar yosh shaxmatchilar Gretsiyaning Rodos shahrida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilishidi. O‘za xabariga asosan.
Surxondaryo shaxmat maktabi vakili Umida Omonova (16 yosh) o‘z yosh toifasida jahon chempioni bo‘ldi. Toshkent shahri vakili Humoyun Bekmurodov (12 yosh) esa kumush medal sohibiga aylandi.
Ushbu Jahon chempionatida dunyoning 40 davlatidan 330 nafardan ortiq yosh shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini uch nafar yosh shaxmatchimiz himoya qildi - Humoyun Bekmurodov, Olmos Rahmatullayev(16) va Umida Omonova.