TOShKENT, 3-maya - Sputnik. Bugun Moskvada ilk bor “Yaltaga yo‘l” xalqaro musiqa festivalining final tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
"Yaltaga yo‘l" tanloviga dunyoning 47 davlatidan 250 ta ariza topshirildi. Musobaqaning yarim finaliga Xitoy, Braziliya, Ispaniya, Ekvador, Isroil, Suriya, Nigeriya, Turkiya, Argentina, Hindiston, Eron, Serbiya, Fransiya, Italiya, Koreya kabi 15 davlat vakillari yetib kelgan.
Final - gala-konsert shaklida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar mashhur Rossiyalik artistlar bilan birga sahnada rus va sovet estradasining eng mashg‘ur qo‘shiqlarini ijro etishadi. G‘olibga 5 000 000 rubl mukofot belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu festivalning asosiy maqsadi - Qizil Armiyaning qahramonona xalaskorligi va dunyoni fashizmdan ozod qilish uchun to‘lagan dahshatli narxi haqidagi tarixiy xotirasini unutmaslikdir.