TOShKENT, 3-maya - Sputnik. 2022 yilning 2 va 3-may kunlari Moskvada birinchi marotaba “Yaltaga yo‘l” xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Festival doirasida poytaxt markazida, Moskva musiqali teatrida 15 mamlakatdan kelgan vokalchilar Ulug‘ Vatan urushi haqidagi eng mashhur qo‘shiqlarni dunyo xalqlari tillarida ijro etishadi.
Festivalning asosiy maqsadi - rus musiqa madaniyatiga e’tibor va qiziqishni jalb qilish, sovet va rus qo‘shiq san’atining eng yaxshi asarlarini ommalashtirish, xorijiy tomoshabinlarni musiqiy an’analarimiz, tariximiz va qadriyatlarimiz tizimiga jalb qilish, musiqa madaniyatini ulug‘lashdan iborat.
Undan tashqari ushbu festival Qizil Armiyaning qahramonona xalaskorligi va dunyoni fashizmdan ozod qilish uchun to‘lagan dahshatli narxi haqidagi tarixiy xotirasini qaytarishni maqsad qilgan.
Yaltinskaya (Krimskaya) konferensiya soyuznix derjav
© Sputnik / RIA Novosti
Festivalning saralash bosqichida xorijlik ijrochilar onlayn saralash bosqichidan o‘tadi. Yarim finalda ular o‘z ona tillarida Ulug‘ Vatan urushi haqidagi eng yaxshi qo‘shiqlarni ijro etadi va yakuniy gala-konsertda rus sahnasi yulduzlari bilan duet kuylaydi.
2022 yilda "Yaltaga yo‘l" tanloviga dunyoning 47 davlatidan 250 ta ariza topshirildi. Musobaqaning yarim finaliga Xitoy, Braziliya, Ispaniya, Ekvador, Isroil, Suriya, Nigeriya, Turkiya, Argentina, Hindiston, Eron, Serbiya, Fransiya, Italiya, Koreya kabi 15 davlat vakillari yetib keldi.
Final bahsi 3-may kuni 19:00da boshlanadi. Gala-konsertda ishtirokchilar hakamlar hay’ati baholari, 5 000 000 rubl mukofot jamg‘armasi va tomoshabinlar mehrini qozonish uchun kurashadilar.
Ushbu konsertni jonli efirda Sputnik sahifalari va telegram kanali orqali kuzatish mumkin.