TOShKENT, 3-may - Sputnik. O‘zgidromet axborot xizmati ma’lum qilishicha 3−4 may kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududidan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
Kunduz havo harorati +22…+25 daraja iliqgacha pasayadi.
Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
3−4 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, 4-mayda esa Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
3−4 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17−22 metrgagacha kuchayadi. Bugun ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
3−5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.