Olaf Shols Kiyevga kelishdan bosh tortdi

Germaniya kansleri Olaf Shols Kiyev GFR prezidenti Shtaynmayerni qabul qilishdan bosh tortishi Kiyevga tashrif buyurishga xalaqit bermoqda
Sputnik
TOShKENT, 3-may - Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nemis hamkasbi Frank-Valter Shtaynmayerni qabul qilishdan bosh tortgani sababli Ukrainga bora olmasligini bildirdi. Bu haqida nemis OAVlariga tayanib RIA Novosti xabar qilmoqda.
Build tabloidi yozishigia ko‘ra, Zelenskiy so‘nggi yillarda Germaniya prezidenti Shtaynmayerni “Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lgani uchun” Kiyevda qabul qilishdan bosh tortmoqda. Nashr yozishicha, Shtaynmayer 13-aprel kuni Polsha, Litva, Latviya va Estoniya prezidentlari bilan Kiyevga borishni rejalashtirgan, biroq u yerda uni qabul qilishga xayrixohlik bildirishmagan.
Germaniya kansleri aytishiga ko‘ra, "ushbu vaziyat Kiyevga tashrifiga xalaqit bermoqda va "bu jiddiy vaziyat" va kelajakka ham kuchli ta’sir qilishi mumkin.
"Siz buday qila olmaysiz. Kelajakda juda muhim bo‘lgan xavfsizlik kafolatlari uchun zarur bo‘lgan harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatayotgan davlatga: "Prezidentingizni qabul qilmaymiz" deb ayta olmaysiz, - dedi Shols.
Ma’lumot uchun, Germaniya Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatayotgan AQShdan keyingi eng yirik ikkinchi davlat bo‘lib qolmoqda.