Gastroenterolog Vera Samsonova “Doktor Piter” nashriga gastrit ya’ni oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishida iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan bir qancha mahsulotlarni ma’lum qildi.
Mutaxassisning tavsiyasiga ko‘ra, bu kasallikda nordon mevalar, achchiq sabzavotlar (piyoz va sarimsoq kabi), shuningdek, pomidor, ziravor, qovurilgan tuxum va shirinlik iste’mol qilish qat’iyan mumkin emas. Kolbasa mahsulotlari, salo, non, dudlangan go‘sht va makkajo‘xori ham kunlik ratsionda bo‘lmasligi kerak.
Bundan tashqari, shifokor gastritda mumkin bo‘lmagan ichimliklarni ham sanab o‘tdi. Qahva, qora choy, spirtli, gazlangan va energetik ichimliklar shular jumlasidandir. Ta’kidlanishicha, yuqorida keltirilgan barcha oziq- ovqatlar gastrit kuchayganda va uo‘tkandan so‘ng to‘rt olti hafta iste’mol qilmaslik kerak.
Kasallik jarayonida karam, selderey, kabachok, sabzi va lavlagi yeyish oshqozon uchun ancha foydali bo‘ladi. Oqsilli mahsulotlar baliq va dengiz mahsulotlarini qovurmasdan iste’mol qilish lozim. Shuningdek, kartoshka va oshqovoq yeyish mumkin.
Mutaxassis oziq-ovqatlarning miqdori borasida ham tavsiyalar berdi.
Unga ko‘ra, yallig‘lanish kamayishi uchun ovqat qabul qilish o‘rtasidagi vaqtni kamaytirish kerak. Chunki, bunda oshqozon devorlarida kislota paydo bo‘la boshlaydi.
Shifokor, gastritda bir kunda yengil tamaddi bilan besh-olti marotaba ovqatlanishni maslahat berdi.