FVV tog‘da oyog‘ini sindirib olgan fuqaroni evakuatsiya qildi - video

FVV qutqaruvchilari jabrlangan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatib, uni tuman tez yordam bo‘limi xodimlariga topshirishdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-may - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bo‘stonliq tog‘larida oyog‘ingi sindirib olgan fuqaroni evakuatsiya qildi.
Kecha, 2-may kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yangi qo‘rg‘on qishlog‘iga tabiat qo‘ynida dam olish uchun borgan fuqarolardan biri “Soy mazor” sharsharasi tepasiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan va ehtiyotsizligi oqibatida tepalikdan yiqilgan hamda o‘ng oyog‘ining son qismini sindirib olgan, - deyiladi xabarda.
Voqea joyiga zudlik bilan Bo‘stonliq tumani Chimon yong‘in-qutqaruv otradi qutqaruvchilari yetib borib, jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va tepalikdan olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
Malakaviy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bo‘stonliq tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.