TOShKENT, 3-may - Sputnik. Sharqda yoki G‘arbda biz haqimizda nima deb o‘ylashlari bizga qiziq emas, asosiysi mamlakatni energiya bilan ta’minlash, dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto.
"Sharq yoki G‘arbda biz haqimizda nima deb o‘ylashlari bizni qiziqtirmaydi, biz uchun bir narsa muhim - biz Vengriyaning energiya ta’minotini kafolatlamoqchimiz. Bu tahdid ostida bo‘lishi mumkin emas. Hech kim Vengriya xalqidan Ukrainadagi mojaro narxini to‘lashini talab qila olmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi TIV rahbari.
Bu haqida Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Qozog‘istondagi muzokaralarda aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, uning mamlakati neft va gaz bo‘yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalardan voz kechishi siyosiy qaror emas. Bu energiya xavfsizligi manfaatlari bilan bog‘liq.
Siyarto, Vengriyaga kerak bo‘lgan neftning 65 foizi Rossiyadan kelganini va boshqa muqobil yo‘qligini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Yevropaning 3 ta davlati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab quvvatlashdan voz kechgan. Ular o‘z iqtisodiy manfaatlarini siyosiy hamfikrlikdan ustun deb bilishmoqda. Ukraina rahbariyati esa ushbu vaziyatga o‘ziga xos uslubda ralashib, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va yana bir necha hukumat vakillarini - Rossiya tarafdori va Ukraina dushmani sifatida "Mirotvores" saytidagi "qora ro‘yxatga" kiritmoqchi.