"Azovstal"da jangarilar sukunat rejimidan foydalanib pozitsiyasini o‘zgartirib oldi - video

Rossiya va DXR kuchlari Ukraina Qurolli kuchlarining Azovstaldagi o‘q otish joylarini yo‘q qilishni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 3-may - Sputnik. "Azovstal"da jangarilar o‘t ochishni to‘xtatish rejimidan foydalanib, pozitsiyalarini o‘zgartirib olishdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Vadim Astafev.
"Ular yerto‘lalardan chiqib, zavod hududi va binolarida o‘q otish pozitsiyalarini egallashdi. Hozir Rossiya armiyasi va DXR bo‘linmalari artilleriya va aviatsiya yordamida yangi o‘q otish pozitsiyalarini yo‘q qilishga kirishmoqda”, - dedi u.
So‘nggi kunlar davomida e’lon qilngan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi tufayli yuzlab tinch aholi metallurgiya zavodi hududidan boshqa xavfsiz hududlarga chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.