TOShKENT, 2-may - Sputnik. Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati katta tezlikda harakatlangan haydovchilar haqida xabar qildi.
Xususan, Qashqadaryo viloyati yo‘llarida harakatlangan "uchar" haydovchilar boshqaruvidagi avtomobil maxsus qurilmalarda qayd etilgan suratlarni o‘zining telegram kanalida chop etdi.
Ko‘plab YTHlarda transport vositalari tanib bo‘lmas holatga kelib qolishi, insonlar tan jarohati olishi yoki vafot etishiga aynan tezlik sabab bo‘lgan.
Tezlik ortgani sayin — uning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatlari ham ortib boradi. Barcha haydovchilardan tezlik meyoriga rioya qilishlarini so‘raymiz. Unutmang!
Sizni uyda yaqinlaringiz kutmoqda, deyiladi xabarda.