Nigina Abduraimova Tunisda o‘tgan turnir chempioni bo‘ldi

Nigina Tunisdagi turnirda 25 ming AQSh dollari mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may - Sputnik. Tunisning Monastir shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi turnir o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda UzA.
Hal qiluvchi final bahsida Nigina ispaniyalik Yvonne Kavalle-Reimersga qarshi kurashgan. 2 soatu 10 daqiqa davom etgan o‘yinda o‘zbekistonlik sportchi raqibasini 3:6, 6:2, 6:2 hisoblarida mag‘lub etgan.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, shu tariqa Nigina Tunisdagi turnirda 25 ming AQSh dollari mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi.