Parhezshunos-shifokor Olga Korableva kimga qulupnay yeyish mumkin emasligi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Qulupnay kuchli oziq-ovqat allergen bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha u immunitet tizimining reaksiyasini keltirib chiqaradi, ayniqsa odamda oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolari bo‘lsa. Og‘ir holatlarda anafilaktik shok mumkin. Emizikli onalar yoki homilador ayollarga qulupnay tavsiya etilmaydi. Xuddi shu sababga ko‘ra, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga ham qulupnay berish kerak emas”, - deydi mutaxassis.
Bundan tashqari, og‘ir gastrit yoki oshqozon yarasi bo‘lgan kishilarga tavsiya qilinmaydi.
"Och qoringa qulupnay ham zararli – chunki u juda nordon. Qulupnay desert sifatida iste’mol qilish yaxshiroq bo‘ladi", - deydi ekspert.